Londonda Samarqand turizmi taqdimoti
Samarqand turizm sohasi vakillari shu kunlarda Buyuk Britaniyaning London shahrida o‘tayotgan xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.
Buyuk Britaniyaning eng yirik xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi har yili Birmingemdagi eng yirik ko‘rgazma markazlaridan biri “National Exhibition Centre”da o‘tkaziladi. Mazkur tadbir Yevropa va dunyoning yirik transport kompaniyalari, mehmonxonalar, kurortlar, ko‘ngilochar bog‘lar va boshqa turistik tashkilotlar vakillarini birlashtiradi.

Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan mamlakatimiz vakillari ham bu yilgi ko‘rgazmada qatnashib, yurtimizda, xususan, Samarqandda turizmni rivojlantirish, sayyohlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, viza tartiblarining soddalashtirilgani haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniya va Irlandiyadan sayyohlarni mamlakatimizga jalb etish maqsadida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” mavzuida taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Narziqulov turizm sohasi vakillarini Samarqandning boy madaniyati, diqqatga sazovor joylari va turizm xizmatlari sifati bilan tanishtirdi.

Shuningdek, yurtimizning gastronomik jozibadorligini namoyish etish maqsadida milliy taomimiz –palovni tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
G‘.Hasanov,
O‘zA muxbiri