Liro-epik asarlarda ayollar obrazi evolyutsiyasi
Nodira Johongirovna XOLIQOVA Filologiya fanlari nomzodi Doktorant Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti Universiteti Toshkent, O‘zbekiston nodira.79@inbox.ru
Annotatsiya
Ushbu maqolada nafaqat o‘zbek mumtoz adabiyotida, balki turkiy va forsiy adabiyotdagi estetik ideal qahramonga aylangan Shirin obrazining genezisi haqida qisqacha so‘z yuritilgan. Shirin obraziga hamma davr shoirlari ham birdek munosabatda bo‘lmaganlar. Maqolada Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, Navoiy kabi shoirlar yaratgan Shirin obrazi va uning dostondan dostonga ko‘chish asnosida takomillashib borgani haqida ko‘plab adabiyotshunoslarning fikr mulohazalari keltirilgan. Shu o‘rinda Shirin so‘zining etimologiyasi, tarixiy kelib chiqishi va, nihoyat, bu timsol yildan-yilga, asrdan-asrga, xalqdan-xalqqa o‘tgani sayin sayqallashib, poetik takomilga erishgani, tarixiy obraz sanaluvchi Shirin sof va pokiza ishq timsolidan ilohiy mazhar darajasiga yetishgani, Alisher Navoiy yaratgan Shirin obrazi ayni shunday kamolot va ilohiy ishq timsoli ekani haqida so‘z yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: Xamsa, Firdavsiy, Nizomiy, Dexlaviy, Navoiy, Orif Ardabeliy, Sura, Sira, shir, turkiy, ishq, sadoqat, komillik, ilohiy mazhar.