Lionel Skaloni: “Pley-offda xatoga o‘rin yo‘q”
Yaxshi sport formasidamiz, ammo bu futbol. Oldinda juda og‘ir o‘yinlar kutmoqda va oson bo‘lmaydi.
Lionel Skaloni JCH–2026 1/16 finalida Kabo-Verde milliy terma jamoasiga qarshi bahs oldidan jamoaning kayfiyati haqida fikr bildirdi.
"Bizning holatimiz yaxshi. Albatta, biroz hayajon ham bor. Oldimizda munosib raqib turibdi. Endi xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati tobora kamaymoqda. Bu pley-off bosqichi va buni yaxshi tushunamiz.
Yaxshi sport formasidamiz, ammo bu futbol. Oldinda juda og‘ir o‘yinlar kutmoqda va oson bo‘lmaydi.
Kabo-Verde hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan jamoa. Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda ular g‘alabaga loyiq edi. Ispaniya va Urugvayga qarshi esa biroz qiynalishdi. Ular himoyada yaxshi harakat qiladi, qarshi hujumlarda xavfli va tarkibida texnik futbolchilar bor. Biz ularni tahlil qildik. Bu bizni ajablantirmaydigan, ammo hurmatga loyiq kuchli jamoa.
Ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha e’tibor bermang. Hozir istalgan odam xohlagan gapini yozadi va u katta voqeaga aylanadi. Bunday narsalarga ahamiyat berishning hojati yo‘q. Ba’zan oddiy post ham virusdek tarqalib ketadi", — dedi Skaloni.
Argentina milliy terma jamoasi JCH–2026 1/16 finalida Kabo-Verde milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.