Buyuk Britaniyada Harri Keynga ritsarlik unvonini berish taklif qilindi
Angliya terma jamoasining har bir muxlisi deputatlarni ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi.
Buyuk Britaniyaning Liberal-demokratlar partiyasi parlamentga Harri Keynga ritsarlik unvonini berish taklifini kiritdi.
Mazkur tashabbus bilan parlament a’zosi Leyla Moran chiqdi. U barcha siyosiy partiyalar deputatlari hamda bo‘lajak bosh vazir Endryu Bernemni ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Harri Keyn maydonda ham, undan tashqarida ham ilhomlantiruvchi yetakchilik va kuchli xarakter namoyish etdi. U mamlakatimizni buyuk qiladigan qadriyatlarni himoya qilib kelmoqda.
Agar Endryu Bernem bosh vazirlik faoliyatini ijobiy ruhda boshlamoqchi bo‘lsa, mening tashabbusimni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu mamlakatni birlashtirish masalasidir.
Umid qilamanki, Angliya terma jamoasining har bir muxlisi deputatlarni ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashga chorlaydi. Dushanba kuni Meksikaga qarshi o‘yinda jamoamizni qo‘llab-quvvatlaylik va Harri Keyn uyiga nafaqat sovrin, balki munosib ritsarlik unvoni bilan ham qaytishini ta’minlaylik", — dedi Moran.
Angliya milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Meksika milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Keyn hisobida esa turnirda beshta gol mavjud.