Lionel Messi jahon chempionatida ishtirok etishini ma’lum qildi
Hujumchi allaqachon "albiseleste" murabbiylar shtabiga turnirda ishtirok etishini ochiqlagan.
Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi joriy yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Skaloni may oyi oxirida jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomani e’lon qiladi. Agar Lionel Messi mundialda ishtirok etishni istasa Skaloni uni terma jamoaga chaqirishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Shunga qaramay, terma jamoaning yordamchi murabbiyi Roberto Ayala Messining mundialga borishini tasdiqlagan. Hujumchi allaqachon "albiseleste" murabbiylar shtabiga turnirda ishtirok etishini ochiqlagan.
Amaldagi jahon chempionlari mundialning guruh bosqichida Avstriya, Jazoyir va Iordaniya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.