Lavrov Ukrainaning harbiy harakatni to‘xtatish taklifini rad etdi
Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi yuqori darajadagi haftasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Chiqishi davomida u Ukrainaning harbiy harakatni to‘xtatish taklifini rad etdi.
RF vakili ta’kidlashicha, bunday tashabbus Yevropaga “nafas rostlash va Ukrainaning tugab qolgan harbiy zaxirasini to‘ldirish” imkonini berishga qaratilgan.
Shuningdek, Rossiya tashqi siyosat idorasi rahbari AQSH Davlat departamenti rahbari Marko Rubio bilan uchrashuvi tafsilotini ham ma’lum qildi. Rossiya TIV matbuot xizmati Lavrovning so‘zlaridan quyidagi iqtibosni keltirgan:
– Rossiya Ukraina bilan urushda o‘z maqsadiga erishishga so‘zsiz sodiq. Jumladan, nizoni bartaraf etish, mojaroni siyosiy va diplomatik yechim orqali hal etish tarafdori.
Tomonlar Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz, Lotin Amerikasi va Karib dengizidagi vaziyat hamda ayrim ko‘p tomonlama institutlar tomonidan xalqaro huquqdagi noqonuniy amaliyotga qarshi kurashish masalalarini ham muhokama qilgan.
S.Rahimov, O‘zA