OpenAI agentining kiberhujumi, Qozog‘istondagi harbiylar fojiasi va Tramp–Si uchrashuvi - Xorij xabarlari
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida OpenAI agentining Avstraliya hukumati saytiga ruxsatsiz kirgani, Qozog‘istonda harbiy mashg‘ulot vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchini dengiz oqizib ketgani, Texasdagi qamoqxonalarga konditsionerlar o‘rnatilishi hamda Pokistonning Afg‘onistondagi 10 ta nishonga zarba bergani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyning BMT Bosh Assambleyasidagi bayonotlari va AQSH Prezidenti Donald Trampning Xitoy Raisi Si Szinpinni samolyot trapida shaxsan kutib olgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Salimjon Obidjonov, O‘zA