KXDRga XOQ taqiq qo‘lladi
Joriy yilning 23 iyul – 8 avgust kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortganligi uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasining qarori bilan KXDR olimpiya qo‘mitasi o‘tkazilajak olimpiya o‘yinlarida qatnashishdan mosuvo etildi.
XOQ axborotida aytilishicha, Shimoliy Koreya 2022 yilning oxirigacha Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tizimidagi barcha musobaqalardan chetlatilgan. Bundan anglashiladiki, 2022 yilning 4-20 fevral kunlari Pekinda o‘tkaziladigan XXIV qishki olimpiya o‘yinlarida KXDR davlat delegatsiyasi qatnashmaydi.
Ushbu vaziyatga izoh bergan XOQ rahbari Tomas Bax “Bu qaror Shimoliy Koreya olimpiya qo‘mitasi va uning rahbar organiga tegishli. Agarki, shimoliy koreyalik sportchilar qishki olimpiadada qatnashish istagi bilan murojaat etsa, ularning so‘rovi XOQning tegishli tuzilmalari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin”ligini ta’kidladi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA