Kuzgi köçat ekiş işlari qizğin pallada
Ekologik barqarorlikni taʼminlaş, hududlarni kökalamzorlaştiriş va yaşil maydonlarni kengaytiriş bugungi kunning muhim vazifalaridan biri. Toşkent viloyatida ham "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta köçatlarini ekiş, mavjud yaşil hududlarni asrab-avaylaş işlari "Dolzarb 40 kunlik" doirasida izçil davom ettirilmoqda.
Xususan, Ohangaron tumanida kuzgi köçat ekiş mavsumiga bağişlangan tarğibot tadbiri bölib ötdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, Boş vazir örinbosari Ğafurjon Mirzayev, boşqarma va taşkilotlar rahbarlari, nuroniylar, yoşlar, keng jamoatçilik vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, şuningdek, Zoom platformasi orqali barça şahar va tuman hokimliklari masʼullari, faollar hamda haşarçilar iştirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi sözga çiqib, Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilgan “Yaşil makon” loyihasi hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş va ekologik muhitni yaxşilaşda muhim örin tutayotganini taʼkidladi. Şuningdek, bu boradagi işlarni izçil davom ettiriş, köçat ekiş bilan bir qatorda ularni parvarişlaşga ham alohida eʼtibor qaratiş zarurligi qayd etildi.
Qayd etilganidek, sönggi beş yilda viloyat hududida 78 million tup daraxt va buta köçati ekildi. Natijada hududning yaşillik darajasi 13 foizdan 22 foizga yetdi. Bu boradagi işlar 2025-yilda ham davom ettirilib, 164 gektar maydonda yaşil boğlar, 123 gektarda yaşil jamoat parklari taşkil etildi. Şuningdek, viloyatning 883 ta mahallasida 2 million tupdan ziyod köçat ekilib, yangi mahalla boğlari barpo qilindi.

Joriy yilgi kuzgi mavsumda esa Toşkent viloyati böylab 12 million tup daraxt va buta köçati ekiş maqsad qilingan. Buning uçun hududlarda köçat ekiş tadbirlari, umumxalq haşarlari va tarğibot işlari taşkil etilmoqda. Tadbir avvalida ezgu niyatlar bilan jonliq söyilib, Qurʼon tilovat qilindi.

Şuningdek, Bekobod şahrida ham kökalamzorlaştiriş işlari izçil davom etmoqda. Kuni keça hududda qariyb 8 ming tup mevali va manzarali daraxt köçati ekildi. Joriy mavsumda şahar böylab jami 147 ming 700 tup köçat ekiş rejalaştirilgan bölib, bugunga qadar ularning 70 ming tupdan ziyodi yerga qadab bölindi. Eʼtiborlisi, köçatlarni ekiş bilan bir qatorda ularning kelgusida yaxşi ildiz otişi va ösib-rivojlanişi uçun ham zarur şaroitlar yaratilmoqda. Xususan, yer maydonlarini tayyorlaş, suğoriş tizimini yölga qöyiş va muntazam parvarişlaş böyiça agrotexnik tadbirlar taşkil etilgan.
Ayni paytda viloyatning barça hududlarida köçat ekiş va obodonlaştiriş işlari qizğin davom etmoqda.
A.Musayev, ÖzA