Kuz-qiş mavsumini barqaror ötkaziş çoralari körilmoqda
Buxoro viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumini barqaror ötkaziş, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obʼektlarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlaş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Mavsumga tayyorgarlik doirasida issiqlik taʼminoti korxonalari tomonidan qozonxonalar va issiqlik tarmoqlarining texnik holati örganilib, muhandislik kommunikatsiyalari körikdan ötkazildi. Ayni paytda aniqlangan nosozliklarni bartaraf etiş hamda avariya holatlarining oldini oliş böyiça işlar olib borilmoqda.
Masʼul taşkilotlar hamkorligida köp qavatli uylarning tomlari, yertölalari, kiriş yölaklari hamda içki muhandislik tizimlarini mavsumga tayyorlaş işlari olib borilyapti. Ijtimoiy soha obʼektlarida zarur haroratni taʼminlaş çoralari körilmoqda.
[gallery-32539]
Bu işlar isteʼmolçilarga barqaror issiqlik yetkazib beriş, kommunal xizmatlar sifatini oşiriş hamda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga qaratilgan.
Tohir ISTATOV (surat), ÖzA