Kadastr xodimlari 48-son manzil-koloniyasida böldi
Maʼlumki, har bir sohadagi islohotlar samaradorligiga jiddiy tösiq böladigan eng xavfli illatlardan biri bu — korrupsiya.
Şunga köra, kadastr sohasida xodimlar orasida korrupsiyaning oldini oliş, xizmat vazifalarini halol va masʼuliyat bilan bajariş, fuqarolarga oçiq va sifatli xizmat körsatiş jarayonida tamagirlik, poraxörlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş kabi holatlarga yöl qöymaslikka erişiş maqsadida Kadastr agentligi tizimida mutasaddilar tomonidan muntazam tarğibot tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi Toşkent şahar boşqarmasi tizim xodimlarining Toşkent viloyatidagi 48-son manzil-koloniyasiga profilaktik taşrifi taşkil etildi.
Taşrif davomida xodimlar muassasadagi mavjud şaroitlar, saqlaş xonalari va infratuzilma bilan tanişdi. Xodimlar qonunni çetlab ötib, notöğri qaror qabul qilgani sababli jazo ötayotgan mahkumlar bilan suhbatlaşdi va ularning qilmişidan nadomatlarini tingladi.

Mahkumlarning hayotiy tajribasi va sodir etilgan jinoyatlar oqibatlari korrupsiyaning narxi faqat jinoiy jazo bilan ölçanmasligini yana bir bor namoyon etdi. Zero, bunday qilmiş insonning erkinligi, oilasi, yaqinlari bilan munosabatlari, jamiyatdagi obrösi va farzandlari kelajagiga ham jiddiy putur yetkazadi.
Qayd etilganidek, bugun panjara ortida ötgan hayotini sarhisob qilayotgan insonlarning puşaymoni ertaga boşqalar uçun aççiq saboq bölişi kerak. Zero, “Sönggi puşaymon — özingga duşman” deya bejiz aytilmagan. Qilmiş sodir etilgandan keyingi nadomat yöqotilgan erkinlikni, singan işonçni va oila bağridan olisda ötgan vaqtni qaytarib bermaydi.

–Korrupsiyaga qarşi kuraşişda faqat qonun talablarini biliş emas, balki uning buzilişi qanday oqibatlarga olib kelişini çuqur anglaş ham muhim, – dedi Davlat kadastrlari palatasi Toşkent şahar boşqarmasi Jamoatçilik bilan aloqalar böyiça boş mutaxassis Mahmudjon Azimov. – Xususan, kadastr xodimlari iştirokida manzil-koloniyasi hamda jazoni ijro etiş koloniyalarida ötkazilayotgan profilaktik taşriflarda qonunbuzarlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş va korrupsiyaviy qilmişlarning ayançli oqibatlari haqida tuşunçalar berilmoqda. Şuningdek, noqonuniy xatti-harakatlar nafaqat insonning şaxsiy hayotiga, balki uning oilasi, jamiyatdagi obrösi va kelajagiga ham salbiy taʼsir körsatişi hayotiy misollar orqali tuşuntirilmoqda.
Korrupsiyaning oldini oliş — uning oqibatlariga qarşi kuraşişdan samaraliroq. Şu maqsadda tizim xodimlari örtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, xodimlar örtasida halollik va qonuniylik tamoyillarini mustahkamlaşga qaratilgan profilaktik tadbirlar izçil davom ettiriladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA