Kuz-qiş mavsumida ehtiyojmand oilalar qöllab-quvvatlanmoqda
Kuz-qiş mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, xususan, ularning kundalik turmuşi bilan boğliq xarajatlarini yengillaştiriş davlat ijtimoiy siyosatining muhim yönalişlaridan biridir. Ayni kunlarda bu borada belgilangan çora-tadbirlar doirasida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiş va uning manzilli yetkazilişini taʼminlaş işlari olib borilmoqda.
Prezidentimizning 2026-yil 28-oktabrdagi "Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga muvofiq, belgilangan mezonlarga mos keladigan ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga noyabr oyida bir million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratilişi belgilangan.
Ayni paytda Toşkent viloyatining barça tuman va şaharlaridagi mahallalarda uşbu yordamni oluvçilarga tegişli xabarnomalarni yetkaziş işlari davom etmoqda. Jarayonda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi vakillari ham iştirok etib, mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga amaliy kömak bermoqda. Bunda yordamning haqiqiy ehtiyojmand xonadonlarga öz vaqtida va manzilli yetib borişiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Toşkent viloyatida istiqomat qiluvçi Gulşoda Berdiyorova ikki nafar farzandini yolğiz tarbiyalamoqda. Farzandlaridan birining soğliği bilan boğliq muammolar tufayli uni davolatiş jarayonida turli qiyinçiliklarga duç kelgan. Ana şunday vaziyatlarda davlat tomonidan körsatilgan ijtimoiy kömak oila uçun muhim tayanç bölgan.
— Men yolğiz onaman, ikki nafar farzandim bor, — deydi Gulşoda Berdiyorova. — Ulardan birining soğliği bilan boğliq muammolar tufayli davolaniş jarayonida ança qiynalgan paytlarim bölgan. Ana şunday murakkab vaziyatda davlatimiz tomonidan körsatilgan yordam menga katta tayanç böldi. Mahallamizdagi ijtimoiy xodim oilaviy şaroitimiz bilan muntazam qiziqib, zarur hollarda amaliy yordam körsatib kelmoqda. Yaqinda gaz va elektr energiyasi tölovlarini qoplaş uçun bir million söm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratilgani haqida xabarnoma olib keldi. Bunday eʼtibor va ğamxörlik biz kabi hayot sinovlarini yengib ötayotgan oilalar uçun katta dalda, ayni paytda moddiy yengillik hamdir. Körsatilayotgan yordam uçun davlatimizdan çin dildan minnatdorman.

Viloyatda mazkur Farmon ijrosini taʼminlaş doirasida ham muayyan işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan 44 ming 316 ta oilaga bir martalik moddiy yordam avtomatik tarzda tayinlandi. Şuningdek, farmonda belgilangan tartibga muvofiq, uşbu oilalarning 50 foizi, yaʼni 22 ming 158 tasining holati “mahalla yettiligi” tomonidan xonadonbay örganilib, ehtiyojmand oilalardan tegişli arizalar qabul qilindi.

Bundan taşqari, özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar reyestriga kiritilgan 1 ming 967 nafar fuqaroga, şuningdek, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan 878 ta oilaga ham bir million sömdan bir martalik moddiy yordam ajratildi.
Zero, ijtimoiy himoyaning haqiqiy samarasi inson hayotidagi özgarişlar, oila turmuşidagi yengillik va ertangi kunga bölgan işonçning ortişida namoyon böladi. Ayni şu jihatdan, ehtiyojmand oilalarga öz vaqtida körsatilayotgan moddiy kömak kuz-qiş mavsumini qiyinçiliksiz ötkazişda muhim ahamiyat kasb etadi.
A.Musayev,ÖzA