Kurort va ekoturizm salohiyati oshiriladi
2026-yil 14-maydagi O‘RQ–1145-son qonun bilan "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida"gi qonunga qo‘shimcha kiritildi.
Qo‘shimchaga ko‘ra, ekologik toza hududlarda kurort tabiiy hududlar va rekreatsiya zonalari rejimida belgilangan cheklovlar hamda taqiqlar bilan bir qatorda quyidagilar taqiqlanadi:
-Ekologik tizimlarning barqarorligi buzilishiga va tabiiy landshaftlarning ko‘rinishi hamda yer osti suvlarining gidrogeologik holati o‘zgartirilishiga olib keladigan ishlarni amalga oshirish;
-Tabiiy ob’ektlarga va majmualarga salbiy ta’sir qiluvchi sanoat ob’ektlarining qurilishi va faoliyat ko‘rsatishi;
-Ro‘yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan plastik mahsulotlarning (bundan tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi (yetkazib berilishi va sotilishi).
Ekologik toza hududlarda davlat ekologik ekspertizasining xulosasi asosida aniqlangan muhofaza etiladigan tabiiy ob’ektlar va majmualarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa faoliyat turlari taqiqlanadi.
Sherbek Islomov, O‘zA