Kubok bahslari qizg‘in
O‘zbekiston professional futbol ligasi kubogi uchun o‘tkazilayotgan musobaqaning guruh bahslari qizg‘in bosqichga kirdi. Unda o‘n oltita jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda kuch sinashmoqda.
“A” guruhidagi ikkinchi tur bahslarida “Uz-Dong-Ju” futbolchilari “Paxtakor-2” jamoasidan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, “Mash’al” hamda “Bunyodkor” jamoalari uchrashuvida hisob ochilmadi.
“B” guruhida “NBU-Osiyo” jamoasi “Lokomotiv-BFK” jamoasini 3:1 hisobida yengdi. “Qo‘qon-1912” va “Andijon” jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
“C” guruhida “Obod” jamoasi “Lokomotiv” futbolchilarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Navbahor” hamda “Sho‘rtan” klublari o‘rtasidagi uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi.
“D” guruhidagi bahslar gollarga boy bo‘ldi. “Bunyodkor-2” futbolchilari “Paxtakor” jamoasi ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Olmaliq” vakillari “So‘g‘diyona” jamoasi darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi.