Kubarsi: ko'plarning og'zini yopib qo'ydik
JCh-2026 yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 2:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'llanma oldi.
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Pau Kubarsi milliy jamoa mudofaa chizig'ining jahon chempionati — 2026 davomida duch kelgan tanqidlari haqida gapirdi.
JCh-2026 yarim finalida Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 2:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'llanma oldi.
"Bizning himoya chizig'imiz va darvozabonlarimiz haqida juda ko'p gap-so'zlar bo'ldi, biroq biz ko'plarning og'zini yopib qo'ydik. O'ylaymanki, hozirgi kunda futboldagi eng muhim jihatlardan biri — darvoza daxlsizligini saqlab qolishdir", — deya Kubarsining so'zlarini ijtimoiy tarmoqdagi o'z sahifasida insayder Fabritsio Romano keltirmoqda.