Kreativ tadbirkor yoshlar
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining «Xalq bilan birga» umummilliy dasturi hududlardagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni hal etish, aholi vakillariga ko‘maklashish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim tashabbuslardan biriga aylanib bormoqda.
Mazkur dastur doirasida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, startaplari va istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Kreativ tadbirkor yoshlar» loyihasi izchil amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida navbatdagi forum tashkil etildi. Unda partiya rahbari, parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya faollari, “FIRST Global Challenge 2026” jahon chempionlari hamda tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida 15 nafar yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan IT, sun’iy intellekt, muhandislik, startap va hunarmandchilik yo‘nalishlaridagi loyihalar namoyish etildi. Partiya vakillari ishtirokchilarning ishlanmalari bilan tanishib, ularni amaliyotga tatbiq etish, tadbirkorlik loyihalariga aylantirish va rivojlantirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, forum davomida sport musobaqalari, kitobxonlik tanlovi g‘oliblari hamda jahon chempionlari bilan uchrashuv ham o‘tkazildi. Unda yoshlarning tashabbuskorligi e’tirof etilib, yigit-qizlar yangi g‘oyalar sari chorlandi.
M.Komilova,
O‘zA