Kosonsoyda «Zarbdor 30 kun» doirasida agrotexnik tadbirlar o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Kosonsoy tumanida g‘o‘za parvarishida «Zarbdor 30 kun» doirasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.
O‘rganishlar Yangi Namangan tumani bilan chegaradosh «Ilonqir» adirlaridan boshlandi. Jarayonda «Dehqonobod» MMTP hududidagi «Zafar Muhammadjon» va «Navjartepa» fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za ko‘chatlarining holati hamda agrotexnik ishlar ko‘zdan kechirildi. Mutaxassislar tomonidan fermerlarga kultivatsiya, o‘g‘itlash, bargidan oziqlantirish va zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
[gallery-30275]
Shuningdek, «Do‘stlik», «Namuna» va Sh.Rashidov nomidagi MMTP hududlarida ham g‘o‘za parvarishi bo‘yicha olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar o‘rganildi.
Ta’kidlash joiz, tumanda mahalliy o‘g‘itdan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ekinlarni sharbat usulida sug‘orish ishlarini keng joriy etish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarida amaliy ishlar tizimli ravishda tashkil etilgan.
Ishchi guruh fermerlar va mutasaddilarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA