Kosmosda qurol, Yevropada dronlar va Ukraina atrofida keskinlik - Xorij xabarlari(+video)
Bugungi “Xorij xabarlari” dasturida Rossiya fregati Daniya harbiy vertolyotiga signal raketalarini uchirgani, Indoneziyada cho‘kib ketgan parom topilgani va 129 kishi bedarak yo‘qolayotgani, shuningdek, AQSH kosmosga qurol joylashtirganini ma’lum qilgani haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya energetika ob’ektlariga zarba bermaslik uchun shart qo‘ygani, NATO Litva havo hududiga kirgan dronni urib tushirgani hamda Berlinning dronlarga nisbatan zaif tomonlari aks etgan maxfiy hujjatlar xakerlar qo‘liga tushgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan.
Dunyoda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
Nozimbek Mardonov, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov, O‘zA