Korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash bugungi islohotlarning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu munosabat bilan, poytaxtimizda tizimli muammolarni tahlil qilish va galdagi vazifalarni belgilab olish maqsadida Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda bir qator mas’ul tashkilotlarning korrupsiyaga oid masalalarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Dastlab Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Obidjon Mo‘minovning kommunal sohada ochiqlikni ta’minlash, raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olishga doir 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida qilinadigan chora-tadbirlar haqidagi hisoboti tinglandi.

Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xarita”sining ijrosi sifatli ta’minlanishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlar haqidagi axborot taqdim etildi.

Tadbirda Soliq boshqarmasi va uning tizimida ochiqlikni ta’minlash, raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi qilinadigan chora-tadbirlar yuzasidan ham hisobotlar tinglandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda uning tizimida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olish, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibi so‘ngida Yakkasaroy tumani hokimligi tomonidan ochiqlikni ta’minlash, korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA