Korrupsiyaga murosasiz muhit qanday şakllanadi?
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat qonunlar va jazo çoralari bilan çeklanmaydi. U, avvalo, har bir insonning halollikni tanlaşi, noqonuniy takliflarga rad javobini berişi va qonunbuzarlikka nisbatan befarq bölmasligidan boşlanadi. Davlat taşkilotlarida korrupsiyaga murosasiz munosabatni şakllantiriş, xodimlarning masʼuliyatini oşiriş va oçiqlik muhitini mustahkamlaş bu borada muhim ahamiyatga ega.
Korrupsiyaga qarşi madaniyatni şakllantirişda qaysi omillar muhim? Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida bu yönalişda qanday işlar amalga oşirilmoqda? Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi Komplayens xizmati boşqarmasi boş mutaxassisi Latif Xolov quyidagilarni gapirib berdi:
– Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida belgilangan. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan bu borada huquqiy va institutsional asoslar takomillaştirilib, davlat boşqaruvida oçiqlik, şaffoflik va hisobdorlikni kuçaytirişga qaratilgan tizimli çoralar körilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning 2025-yil 30-dekabrda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni bilan 2030-yilgaça korrupsiyaga qarşi kuraşiş tizimini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari belgilandi. Unda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlaş, profilaktik mexanizmlarni kengaytiriş, raqamli texnologiyalardan foydalaniş va davlat organlari faoliyatida oçiqlikni taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.
Korrupsiyaga qarşi madaniyat esa heç kim kuzatmayotganda ham halol işlaş odatidir. U, eng avvalo, rahbarning şaxsiy namunasi, xodimlarning qonunbuzarlik haqida qörqmasdan xabar bera olişi va har bir murojaatning xolis körib çiqilişida namoyon böladi.
“Transparency International” taşkilotining Korrupsiyani qabul qiliş indeksida Özbekiston 2018-yilda 23 ball töplagan bölsa, 2023-yilda bu körsatkiç 33 ballga yetdi. Biroq 2025-yilda mamlakat 31 ball bilan 182 davlat orasida 124-örinni egalladi. Bu korrupsiyaga qarşi kuraşişda qonunçilik çoralari bilan birga, kundalik xatti-harakatlar va munosabatlarni özgartiriş zarurligini körsatadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligida mazkur yönalişdagi işlar Komplayens xizmati boşqarmasi tomonidan amalga oşiriladi. 2026-yil sentabr oyida vazirning buyruği bilan korrupsiyaga qarşi içki nazoratni kuçaytirişga qaratilgan beşta yangi tartib tasdiqlandi. Ular xabarlarni qabul qiliş, xodimlarni öqitiş, hamkorlarni tekşiriş, monitoring va hisobot yuritiş jarayonlarini qamrab oladi. Uşbu talablar vazirlikning hududiy bölinmalari va tasarrufidagi taşkilotlarga ham tatbiq etiladi.
Yangi tartibga köra, korrupsiyaviy holat haqidagi xabar bir soat içida röyxatga olinadi, beş iş kunida dastlabki tekşiruv ötkaziladi va bir oy içida mazmunan körib çiqiladi. Jinoyat alomatlari aniqlansa, materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuboriladi. Bunda xabar beruvçining şaxsi sir saqlanadi, anonim murojaat qiliş imkoniyati ham mavjud.
Şuningdek, vazirlikda byudjet mablağlarini taqsimlaş, davlat xaridlari, soliq imtiyozlari va investitsiya loyihalari kabi korrupsiyaviy xavf yuqori bölgan jarayonlar muntazam baholanadi. Xodimlarni öqitişda esa nazariy bilimlar bilan birga, sovğa taklif qilinişi, manfaatlar töqnaşuvi yoki noqonuniy topşiriq berilgan holatlarda qanday yöl tutiş kerakligiga oid amaliy misollarga eʼtibor qaratiladi.
Bu borada Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, Hisob palatasi va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik ham muhim örin tutadi. Xususan, yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş orqali ulardagi ehtimoliy xavflarni oldindan aniqlaş çoralari körilmoqda.
Vazirlikning (71) 203-31-71 raqamli işonç telefoni, @IMV_antikorrupsiya_bot Telegram-boti hamda boşqa manbalar orqali kelib tuşgan murojaatlarda jinoyat alomatlari bölsa, ularga oid materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga, jumladan, prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, içki işlar organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga yuboriladi.
Korrupsiya holatlarini foş etişga kömaklaşgan fuqarolarni pul mukofoti bilan rağbatlantiriş esa aynan uşbu huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 829-son qarori asosida amalga oşiriladi.
Kelgusida tizim samaradorligini baholaşda ötkazilgan tadbirlar sonidan köra, xodimlarning xabar berişga tayyorligi, rahbariyatga işonçi va murojaatlar natijadorligiga köproq eʼtibor qaratiş zarur. Buning uçun anonim sörovlar ötkaziş, murojaat mualliflariga körib çiqiş natijalari haqida maʼlumot beriş va idoralararo maʼlumot almaşinuvini kuçaytiriş muhim.
Korrupsiyaga qarşi madaniyat birgina buyruq bilan şakllanmaydi. U har bir rad etilgan noqonuniy taklif, öz vaqtida berilgan xabar va halol qabul qilingan qaror orqali mustahkamlanadi. Halollikni kundalik hayot meʼyoriga aylantiriş esa har bir xodim va fuqaroning masʼuliyati.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva
yozib oldi.