Islom meʼmorçiligining betakror namunasi
Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi poytaxti Ammon şahridagi Qirol Husayn bin Talal masjidi zamonaviy islom meʼmorçiligining öziga xos namunalaridan biridir. Şaharning ğarbiy qismida, Husayn nomidagi jamoat boğlari hududida joylaşgan mazkur ibodat maskani özining mahobatli körinişi va betakror bezaklari bilan eʼtiborni tortadi.
Masjidning poydevori 2002-yil 1-dekabr — muborak Ramazon oyining 26-keçasida Iordaniya Qiroli Abdulla II tomonidan qöyilgan. Marhum Qirol Husayn bin Talal xotirasiga bağişlab barpo etilgan uşbu inşoot mamlakatning muhim diniy va meʼmoriy yodgorliklaridan biriga aylangan.
Törtta minoraga ega masjid qurilişida islom meʼmorçiligiga xos anʼanaviy uslublar bilan zamonaviy yeçimlar uyğunlaşgan. Oç rangli toşlardan tiklangan devorlar, nafis naqşlar, keng ravoqlar va öziga xos geometrik şakllar binoga alohida salobat bağişlaydi.
Masjidning içki qismi ham nafis bezaklari va öziga xos meʼmoriy yeçimlari bilan eʼtiborni tortadi. Oç va töq tusli toşlardan işlangan naqşlar, baland ustunlar, keng ravoqlar hamda şiftga osilgan qandillar özaro uyğunlik hosil qilgan. Tabiiy yoruğlikning içki makonga bir maromda taralişi esa ibodat maskaniga alohida salobat bağişlab, osoyiştalik muhitini yaratadi.
[gallery-32682]
Bugungi kunda Qirol Husayn bin Talal masjidi nafaqat ibodat maskani, balki Iordaniyaning boy diniy-madaniy merosi va meʼmorçilik anʼanalarini özida mujassam etgan diqqatga sazovor inşootlardan biri hisoblanadi.
Aʼlo ABDULLAYEV (surat), ÖzA