Koreyaning xorijiy infratuzilma va urbanizatsiyani qo‘llab-quvvatlash korporatsiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida “KIND” korporatsiyasi bosh ijrochi direktori Kim Bok Xvan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda mamlakatimiz transport va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar qo‘shma investitsiya platformasi tashkil etilganini olqishladilar.

Yangi ilmiy-sanoat bioklasterini tashkil etish loyihasi doirasida ilm-fan, sanoat va zamonaviy texnologiyalarni birlashtiruvchi yaxlit ekotizimni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar Toshkentning yangi xalqaro aeroporti atrofidagi hududni rivojlantirish bo‘yicha master-reja ishlab chiqib, unda aeroport, ilg‘or logistika xablari va turar joy infratuzilmasini yagona tizimga birlashtirish zarurligini qayd etdilar.