Kolumbiya Gana ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonib, nimchorak finalga yo‘l oldi
uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi o‘yinlari yakunlandi.
Pley-off bosqichining so‘nggi o‘yinida Kolumbiya va Gana terma jamoalari maydonga tushdi. Uchrashuv taqdirini Jon Arias tomonidan 14-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi. Bellashuv davomida Kolumbiya katta ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsa-da vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Gana esa o‘yin davomida birorta ham aniq zarba bera olmadi. Yakuniy hisob 1:0 Kolumbiya nimchorak finalda.
Endi Lotin Amerikasi vakillari chorak final yo‘lida Shveytsariyaga qarshi bahs olib boradi.