Klasterlar faoliyati o‘rganildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmati va Ellikqal’a tumani hokimligi hamkorligida tumandagi “Bo‘ston klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta-to‘qimachilik hamda “Amirobod jayroni” innovatsion paxta-g‘alla klasterlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida jurnalistlar dastlab ““Bo‘ston klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta-to‘qimachilik klasterining paxta tozalash zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Mazkur klaster tizimida “Bo‘ston Mega tekstil” hamda “Bo‘ston Optimal tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarining to‘qimachilik korxonalari faoliyat olib boradi. Ular yiliga 8 ming tonna ip kalava, 10 million kv.m mato, 2 ming 500 tonna sochiq mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Joriy yilda klaster tomonidan yillik quvvati 3 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Loyihaning ishga tushirilishi bilan yana 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bugungi kunda klasster 74 ta fermer xo‘jaligi bilan shartnoma tuzgan. Ming gektar maydonda Xitoy texnologiyasi asosida paxta hosili yetishtirilib, yig‘im-terim ishlari olib borilmoqda. Shundan 10 ming 74 tonna paxta xomashyosini yetishtirish shartnoma rejasi belgilgan. “Daladan mahsulotgacha” tamoyili asosida klaster tomonidan yetishtirilgan paxta qayta ishlash orqali tayyor mahsulotlar tayyorlanib, chet davlatlarga eksport qilinmoqda.
Klaster tomonidan 4 ta hududda 500 gektar paxta maydonda suv tejovchi texnologiya uskunalari o‘rnatilgan. Suv ta’minotini yaxshilash uchun 3 ta hududda chuqurligi 30 metr, diametri 300 mm bo‘lgan jami 9 ta artezian quduq ishga tushirildi.
2019-2025 yillar mobaynida 15 dona yuqori unumli haydov traktori, 23 dona chopiq traktori, 2 dona transport traktori, 2 dona ekskavator, 78 dona zarur agregat va mexanizmlar xarid qilindi.
Darhaqiqat, “Bo‘ston” klasteri paxta yetishtirishdan tortib, uni tozalash, ip-kalava, mato va tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjiriga ega. Jurnalistlar klasterning tola tayyorlash sexlari va zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlangan tikuvchilik fabrikasida bo‘lib, aholiga mo‘ljallangan turli sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilayotgan jarayonni kuzatdi. Mahalliy xomashyodan raqobatbardosh, eksportbop tayyor mahsulot ishlab chiqarilayotgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
[gallery-25692]
Press-turning navbatdagi manzili “Amirobod jayroni” innovatsion paxta-g‘alla urug‘chilik klasteri bo‘ldi. Jurnalistlar bu yerda urug‘chilik yo‘nalishidagi ilmiy yondashuv, sifat nazorati tizimi va zamonaviy agrotexnologiyalarning qo‘llanilishini o‘rgandi. Klasterda paxta va g‘allachilikda erishilgan yuqori natijalar, innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari “Bo‘ston klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta-to‘qimachilik hamda “Amirobod jayroni” innovatsion paxta-g‘alla klasterlari faoliyati hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VGKC7u4cJjM" title="Klasterlar faoliyati o‘rganildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Dovud Abibullayev,
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA