Klassik musiqa tinglaydigan "aqlli ferma" yoxud xomaşyodan tayyor mahsulotgaça bölgan zanjir
Zamonaviy çorvaçilikda yuqori samaradorlikka erişiş uçun faqat nasldor mol yetiştirişning özi kifoya qilmaydi. Buning uçun sifatli ozuqa bazasi, töğri parvariş, raqamli nazorat va mahsulotni çuqur qayta işlaş jarayonlari yaxlit bir zanjir sifatida işlaşi şart. Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylaşgan “Buxoro agroklaster çorva” korxonasida aynan mana şunday innovatsion va integratsiyalaşgan işlab çiqariş tizimi yölga qöyilgan.
Umumiy qiymati 136 milliard söm bölgan uşbu yirik majmua 14,5 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda 120 nafar mahalliy aholi doimiy iş bilan taʼminlangan. Ayni paytda zamonaviy kompleksida 2 ming boş soğin sigir va 1 ming boş buzoq parvarişlanmoqda. Loyiha töliq quvvat bilan işlaganda, yiliga 11 ming tonna sut, 8 ming tonna göşt yetkazib beriş hamda 1,5 ming boş naslli buzoq yetiştiriş imkoniyatiga ega.
“Buxoro agroklaster” boş direktori Azamat Sultonovning taʼkidlaşiça, bu kabi yirik loyihalarni hayotga tatbiq etişda mamlakatimizdagi qulay tadbirkorlik muhiti va davlat tomonidan körsatilayotgan yuksak eʼtibor muhim turtki böldi.
– Bundan ön yil avval iş boşlaşda xavotir va ikkilanişlar köp edi, – deya öşa davrlarni yodga oladi Azamat Sultonov. – “Bu işni boşlasam oxiri nima böladi?”, “Qanday tekşir-tekşirlarga duç kelarkinman?” degan xayollar bilan yaşardik. Bugun esa davlatning özi tadbirkorni qöllab-quvvatlayapti, uning imkoniyatlarini kengaytirib, erkin faoliyat yuritişi uçun barça şaroitni yaratmoqda. Bunday ijobiy özgarişlarning amaliy natijasini öz korxonamiz rivojida yaqqol his qilyapmiz.
Tadbirkorning sözlariga köra, paxta-töqimaçilik klasterlari tarkibida çorvaçilik majmualarini taşkil etiş taşabbusi uşbu yangi yönalişga qadam qöyişda boş turtki bölgan. Dastlab Germaniya, Niderlandiya, Çexiya va Şveysariya kabi Yevropa davlatlaridan 1,5 ming boş nasldor qoramol keltirilgan bölsa, bugunga kelib ularning soni 3 ming boşga yetdi.
Nasldor çorvaning mahsuldorligini oşirişda töğri parvariş va töyimli ozuqa bazasi hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu bois, majmuada jarayonlarni raqamlaştiriş maqsadida zamonaviy “aqlli ferma” tizimi yölga qöyilgan. Har bir qoramolga örnatilgan maxsus elektron çiplar sut mahsuldorligi, tana harorati, ozuqa isteʼmoli va veterinariya holatini onlayn tarzda monitoring qilib boradi. Bu esa istalgan özgarişni öz vaqtida payqab, tezkor çora köriş imkonini bermoqda.
Mustahkam ozuqa bazasini yaratiş uçun korxonaga 400 gektar yer maydoni ajratilgan bölib, unda töyimli ekinlar yetiştiriladi, şuningdek, innovatsion gidroponika texnologiyasidan keng foydalaniladi. Eʼtiborlisi, zamonaviy suğoriş tizimlari suv sarfini naqd 95 foizgaça tejaş imkonini beryapti. Kompleksda jonivorlarni parvarişlaşning öziga xos, noanʼanaviy usullari ham mavjud, bu yerda sigirlar mayin klassik musiqa sadolari ostida boqiladi, bu esa sut mahsuldorligini sezilarli darajada oşiradi.
Işlab çiqariş zanjirining navbatdagi bosqiçi, sutni çuqur qayta işlaş. Majmuada yetiştirilgan xomaşyo klaster tarkibidagi “Latiko” brendi ostida faoliyat yurituvçi korxonaga yetkazib beriladi. Yillik quvvati 20 ming tonna sutni qayta işlaşga möljallangan uşbu zamonaviy zavodda bugungi kunda 50 turdan ortiq yuqori sifatli mahsulotlar işlab çiqarilmoqda. Mazkur tayyor mahsulotlarning umumiy qiymati 38 milliard sömni taşkil etadi.
Umumiy qiymati 6,2 million dollar bölgan uşbu loyiha doirasida korxonaga Italiya va Rossiyaning eng ilğor texnologiyalari va uskunalari örnatilgan. Eʼtiborlisi, bu yerda 122 nafar xodim doimiy iş örniga ega böldi. Korxona töliq quvvat bilan işlaşi natijasida davlat byudjetiga yiliga 8 milliard söm soliq tuşumlari tuşişi közda tutilgan.
Şunday qilib, majmuada sutni şunçaki xomaşyo sifatida sotiş anʼanasidan voz keçilib, uni qayta işlaş orqali yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulot oliş yölga qöyilgan. Bu esa işlab çiqarişning yangi bosqiçida bandlikni taʼminlaş bilan birga iqtisodiy samaradorlikni bir neça barobar oşirmoqda. Eng muhimi, klaster faoliyati faqat yirik ferma va zavod bilan çeklanib qolmay, balki mahalliy aholi xonadonlarini ham uşbu zanjirga integratsiya qilmoqda. Jumladan, hozirga qadar 500 ta kiçik xonadonga sut yönalişidagi zotdor sigirlar tarqatildi. Xonadonlarda yetiştirilgan sut korxona tomonidan kafolatli xarid qilinib, qayta işlaşga yönaltirilmoqda. Bu esa qişloq aholisi uçun doimiy va barqaror daromad manbai demakdir.
– Hozirgi kunda 500 ta xonadon bilan hamkorlikni yölga qöyganmiz, – deydi korxona rahbari Azamat Sultonov istiqboldagi rejalar bilan örtoqlaşarkan. – Ulardan sut xomaşyosini kafolatli sotib olib, öz zavodimizda qayta işlayapmiz. Kelgusida bu qamrovni yanada kengaytirib, hamkorlik qilayotgan xonadonlar sonini 1 mingtaga yetkazişni maqsad qilganmiz.
Bunday kooperatsiya tizimi ikki tomon uçun ham birdek manfaatlidir. Kiçik xöjaliklar sut sotiş orqali öz oilaviy byudjetini mustahkamlasa, korxona barqaror va qöşimça xomaşyo bazasiga ega bölmoqda. Natijada yirik agroklaster va kiçik xonadonlar örtasida özaro boğliq, mustahkam işlab çiqariş zanjiri şakllanyapti.
Xullas, “Buxoro agroklaster çorva” majmuasining boy tajribasi şuni körsatadiki, zamonaviy çorvaçilikda muvaffaqiyat faqat nasldor mol soni yoki mahsulot hajmi bilangina ölçanmaydi. Buning uçun ozuqa yetiştirişdan boşlab, raqamlaştirilgan parvariş, mahsuldorlik nazorati, sutni çuqur qayta işlaş va tayyor mahsulotni bozorga çiqarişgaça bölgan barça böğinlar yaxlit tizimda, uyğun işlaşi şart. Mahalliy aholi xonadonlari bilan yölga qöyilgan bunday ijtimoiy hamkorlik esa mazkur tizimning iqtisodiy samarasini töğridan-töğri xalqning farovonligi va daromadiga daxldor qilib qöymoqda.
[gallery-32364]
Dilşod HAKIMOV,
Nosirjon HAYDAROV (surat),
ÖzA