“Kichkintoy” turniri yakunlandi
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi “Kichkintoy” turniri yakunlandi.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida 2005-2006-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasidagi “Kichkintoy” turniri yakunlandi.50 ga yaqin yosh tennischi qatnashgan musobaqaning qizlar bahsida Maftuna Qahramonova g‘olib bo‘ldi. Kamola Omonova ikkinchi va Shahnoza Marimova uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Qodir Odilov bosh sovringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Sarvar Zafarov hamda Aziz Madatovlarga nasib etdi.