Kichik sexdan yirik to‘qimachilik korxonasigacha
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanida 2006-yilda kichik sex sifatida tashkil etilgan «Chust Textile» korxonasi bugungi kunda yiliga 15 million dona futbolka va 1,8 million dona kepka ishlab chiqarish quvvatiga ega yirik to‘qimachilik korxonasiga aylangan.
Korxona mahsulotlari Rossiya, AQSH, Italiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston kabi 15 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda.
Korxonada ishchilar uchun munosib mehnat va ijtimoiy sharoitlar yaratilgan. Jumladan, 200 o‘rinli bolalar bog‘chasi xodimlarning farzandlariga bepul xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 420 o‘rinli zamonaviy yotoqxona ishchilar ixtiyorida.
Ayni paytda «Chust Textile»da 1 ming 600 nafardan ziyod kishi mehnat qilmoqda.
[gallery-31419]
Tadbirkorlar kuni arafasida Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, bir qator tadbirkorlar qatori «Chust Textile» korxonasi ta’sischisi Jamshid Ismatullayev ham «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Mukofot sohibining ta’kidlashicha, korxonada kelgusida ishlab chiqarish quvvati va ishchilar sonini yanada oshirish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA