Kiber hujum Fransiyadagi 200 dan ziyod supermarketda sovutish tizimini ishdan chiqardi
Sovutish tizimiga qilingan kiber hujum Fransiyaning “Intermarché” va “Super U” tarmoqlariga qarashli 200 dan ko‘p do‘konda ishni to‘xtatdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berishicha, xakerlar muzni eritib tushirish rejimini faollashtirib, doimiy haroratni 50°C ga ko‘targan.
Natijada ba’zi do‘konlar past haroratda saqlanishi talab qilinadigan go‘sht va boshqa muzlatilgan mahsulotlarni tashlab yuborishga majbur qildi.
“Carrefour Market”, “Monoprix” va “E. Leclerc” kabi yirik brendlarga yetkazilgan zarar haqida tarqalgan xabarlar hali rasman tasdiqlanmagan.
Parij prokuraturasi AFP agentligiga bir necha yirik oziq-ovqat tarmog‘i sovutish moslamalariga nisbatan uyushtirilgan keng ko‘lamli kiber hujum bo‘yicha tergov boshlanganini tasdiqladi.
S.Rahimov, O‘zA