Kemal Yavuz Ataman bilan ijodiy uçraşuv
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida «Özsanoatqurilişbank» ATB bilan hamkorlikda yurtimiz yoşlarining turkiyalik taniqli olim va adib, Sakariya universiteti professori, «Döstlik» ordeni sohibi Kemal Yavuz Ataman bilan ijodiy uçraşuvi bölib ötdi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ruhda taşkil etilgan tadbirdan közlangan asosiy maqsad Özbekiston va Turkiya örtasidagi ilmiy-maʼrifiy hamda adabiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaş, yoşlarni xalqlarimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari va buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy merosi bilan yaqindan taniştirişdan iborat.
Uçraşuvda ustoz ijodkorlarning maʼruzalari tinglandi.
Kemal Yavuz Ataman huquqşunos, siyosatşunos, şarqşunos olim, adib va jamoat arbobi sifatida tanilgan. U globallaşuv, Movarounnahr sivilizatsiyasi, tasavvuf, navoiyşunoslik, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasiga bağişlangan köplab ilmiy tadqiqotlar muallifidir.
Olim köp yillardan buyon Özbekiston va Turkiya örtasidagi ilmiy-maʼrifiy hamkorlikni rivojlantiriş, özbek mutafakkirlari va olimlarining ilmiy merosini turk tiliga tarjima qiliş va naşr etiş, qöşma ilmiy anjumanlar hamda madaniy loyihalarni amalga oşirişda faol iştirok etib kelmoqda.
Uning «Men tanigan Özbekiston» nomli asari mamlakatimiz tarixi, boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni xorijiy auditoriyaga tanitişda muhim ahamiyatga ega. Xorijlik olimning xolis qaraşlari asosida yaratilgan uşbu asar Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik, madaniy diplomatiya hamda maʼrifiy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
[gallery-32599]
Uçraşuv davomida mehmonning ilmiy va ijodiy faoliyati, Özbekiston haqidagi taassurotlari, ikki xalqning muştarak tarixi va maʼnaviy qadriyatlari xususida atrofliça fikr almaşiladi. Yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, olimning hayotiy tajribasi va ilmiy qaraşlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar.
Bunday maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar yoşlarning dunyoqaraşini kengaytiriş, ularda ilm-fan, adabiyot va kitobxonlikka bölgan qiziqişni oşiriş, şuningdek, xalqlar örtasidagi döstlik va hamkorlik riştalarini yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
N.Usmonova,
O.Pardayev (surat), ÖzA