Bir bayroq va ezgu maqsadlar atrofida jipslaşgan Özbekiston xalqi
Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz böylab «Bir bayroq ostida» şiori ostidagi respublika estafetasi taşkil etildi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda qator hamkor taşkilotlar taşabbusi bilan 11–18-noyabr kunlari ötkazilgan mazkur estafeta xalqimizni, ayniqsa, yoşlarni Vatanga muhabbat, sadoqat va milliy ğurur tuyğulari atrofida birlaştirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Estafetaning öziga xos jihati şundaki, ramziy bayroqlar mamlakatimizning barça hududlarini qamrab olgan uç yönaliş böylab poytaxt sari yöl oldi.
Ğarbiy yönaliş Nukus şahridan boşlanib, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlari orqali harakatlandi.
Janubiy yönaliş Termiz şahridan boşlanib, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarini qamrab oldi.
Şarqiy yönaliş esa Andijondan boşlanib, Farğona, Namangan va Toşkent viloyati orqali poytaxtga qarab yöl oldi.
Estafeta davomida hududlarda ramziy bayroqlarni tantanali topşiriş marosimlari bölib ötdi. Bu jarayonlar yurtdoşlarimizning Vatanga bölgan mehri, milliy birligi va umumiy maqsadlar yölidagi hamjihatligini namoyon etuvçi ezgu taşabbusga aylangani eʼtiborga molikdir.
Uç yönaliş böylab jami 2440 kilometr masofani bosib ötgan ramziy bayroqlar 18-noyabr kuni Toşkent şahrida yagona bayroq ostida birlaşdi.
Estafetaning yakuniy tantanali tadbiri poytaxtimizdagi «Xalqlar döstligi» saroyi maydonida bölib ötdi.
[gallery-32601]
Bayram dasturi ham öziga xos va unutilmas lahzalarga boy böldi. Xususan, davlatimiz bayroği vertolyot orqali osmon uzra namoyiş etildi. Şuningdek, zamonaviy texnologiyalar asosida betakror şou taşkil etildi.
Şubhasiz, bu manzaralar bayram iştirokçilariga kötarinki kayfiyat bağişlab, qalblarda Vatanga muhabbat va milliy iftixor tuyğularini yanada mustahkamlaydi.
Eng muhimi, «Bir bayroq ostida» estafetasi oddiy bayram tadbiridan köra kengroq mazmun kasb etmoqda. U mamlakatimizning turli hududlarida yaşayotgan yurtdoşlarimizni yagona Vatan, yagona maqsad va umumiy qadriyatlar atrofida birlaştirayotgan umummilliy vatanparvarlik taşabbusidir.
Zero, Davlat bayroği — şunçaki ramz emas. U mustaqilligimiz, milliy özligimiz, xalqimiz şaʼni va ğururining ifodasi. Unda yurtimizning buguni, kelajagi va ertangi kunga bölgan işonçi mujassam.
N.Usmonova, A.Alijonov (suratlar), ÖzA