Katta o‘yin ichida qolgan Yaqin Sharq (+video)
Yaqin Sharqda kuzatilayotgan hozirgi voqelik mintaqa tarixning yangi geosiyosiy bosqichiga o‘tganini ko‘rsatmoqda. Turli davlatlar, ta’sir doiralari o‘rtasidagi raqobat, qurolli to‘qnashuv va diplomatiya bir vaqtning o‘zida kechmoqda.
Ayni holat mintaqani nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan ham global ahamiyatga ega hududga aylantirmoqda.
So‘nggi payt an’anaviy ittifoqlar tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilayotgani, yangi sheriklik formatlari shakllanayotgani namoyon bo‘lmoqda. Energetika resurslari, transport yo‘laklari va strategik hududlar uchun kurash kuchaymoqda. Shu bilan birga axborot maydonidagi raqobat ham voqealar rivojiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu jarayon yaqin kelajakda mintaqaning siyosiy xaritasini o‘zgartirishi mumkin. Shu bois Yaqin Sharqdagi har bir voqeani alohida emas, balki umumiy geosiyosiy manzaraning bir qismi sifatida tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mavzu mohiyatini kengroq ochib berish maqsadida O‘zA muxbiri siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori Jahongir Akramov bilan suhbatlashdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/LlBoiK4ejaI?si=yyFw52_cRXRVSkmU" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Doniyor Yoqubov (video), O‘zA