Karlo Anchelotti: Biz har qanday raqibga hurmat bilan qaraymiz
Ular juda kuchli va tarkibida ko‘plab katta yulduzlar bor.
Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti Marokashga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
"Marokash terma jamoasi Afrikaning eng kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Ular juda kuchli va tarkibida ko‘plab katta yulduzlar bor. Biz bu raqibga hurmat bilan qaraymiz. Chiroyli futbol kutamiz va quramiz. Bo‘lajak uchrashuvda Braziliya terma jamoasi hujumda ham, himoyada ham bexato o‘ynashi talab etiladi", - dedi Anchelotti.
Braziliya - Marokash uchrashuvi bugun tungi soat 03:00da boshlanadi.