Karate: bugun Osiyo chempionlari aniqlanadi
Yana birozdan keyin toʻrt nafar sportchimiz chempionlik janglarida ishtirok etadi
Yana birozdan keyin toʻrt nafar sportchimiz chempionlik janglarida ishtirok etadi
Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizdagi “Oʻzbekiston” sport majmuasida karate WKF boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionatining yakkalik kumite va kata bahslariga start berilgan edi.
Bugun esa mazkur yoʻnalishlarda medallar uchun janglar oʻtkaziladi. Xabaringiz bor, kechagi saralash bahslaridan keyin 4 nafar sportchimiz Osiyo chempionligi uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻldi. Bular – Sadriddin Saymatov, Bahriniso Boboyeva, Sevinch Rahimova hamda Nodira Jumaniyozova.
Quyida vakillarimizning final janglaridagi raqiblari bilan tanishing:
Erkaklar:
-60 kg: Sadriddin Saymatov – Rafael Akbarov (Qirgʻiziston)
Ayollar:
-50 kg: Bahriniso Boboyeva – Mixo Miyaxara (Yaponiya)
-55 kg: Sevinch Rahimova – Travat Haksar (Eron)
-68 kg: Nodira Jumaniyozova – Jorjiya Zefanya (Indoneziya)
Shuningdek, bugun terma jamoamiz aʼzolaridan Javohirbek Abdusattorov (-55 kg), Dostonbek Otabolayev (-75 kg) hamda Abdulaziz Otaboyev (-84kg) oʻz vazn toifalarida bronza medali uchun kurash olib boradi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu Osiyo chempionati bir vaqtning oʻzida Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun litsenzion turnir vazifasini ham oʻtab beradi.