Kannavaro nimadan norozi?
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro yiliga 4 million yevro maosh olishi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Matbuot anjumanida italiyalik mutaxassis O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan kelishuvga binoan, o‘zi taklif qilgan yordamchi murabbiylar ish haqini shaxsiy mablag‘i hisobidan to‘layotganini tushuntirdi.
Uning aytishicha, hujumchilarimiz bilan ishlovchi murabbiy Rolando Byanki mutlaqo tekinga mehnat qilmoqda. Fizioterapevt Simone Sijilo esa “Palermo” klubidagi faoliyatini yakunlab, avvalgi maoshining bor-yo‘g‘i 20 foiziga rozi. Shuningdek, Kannavaro so‘nggi payt o‘zi haqida noto‘g‘ri ma’lumot ko‘payib ketganidan norozilik bildirib, terma jamoa ichki sirini tashqariga sizdirib turadigan “insayder” borligini ta’kidlagan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA