Kanadalik ayol samolyotga ilon olib chiqmoqchi bo‘ldi
Niderlandiya Oziq-ovqat va iste’mol mollari xavfsizligi boshqarmasi (NVWA) ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berilishicha, muassasa xodimlari Sxipxol aeroportida kanadalik ayol samolyotga qirollik pitonini yashirincha olib chiqmoqchi bo‘lganini aniqlashdi.
Juvon ilonni kiyimi ichiga yashirgan. Muhofaza etiladigan jonivorlar sirasiga kiruvchi bu jonivor xavfsizlik tekshiruvi vaqtida topilgan. Ayol nazoratchilarga ilonni Amsterdamdagi mehmonxonadan topganini aytgan.
– Bunga jiddiy shubha bor, – deb yozgan NVWA vakillari.
Muassasa yo‘riqchilari topilmani musodara qilib, voqea yuzasidan politsiyaga ariza topshirgan.
– Himoyadagi hayvonni shunchaki sayohatga olib ketish taqiqlanadi, – deya ma’lum qildi idora. – Hatto jonivor ko‘chadan topib olingan bo‘lsa ham, bunga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hozir ilon tajribali mutaxassislar nazoratida, xavfsiz joyda saqlanmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA