Kamilla Rahimova “Lexus Birmingham Open” turnirida ishtirok etadi
Angliyaning Birmingem shahrida WTA 125 tasnifiga kiruvchi “Lexus Birmingham Open” turniri boshlandi. Unda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova juftlik bahslarida ishtirok etmoqda.
Mukofot puli 225 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur xalqaro turnirning juftlik bellashuvlarida Kamilla neytral tennischi Alina Charayeva bilan tandem hosil qildi. Ular musobaqadagi ilk bahsini ertaga, 3-iyun kuni mamlakatimiz vaqti bilan soat 14:30 dan so‘ng, AQSH sharafini himoya qilayotgan Meri Stoyana va Kayla Dey duetiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada yakkalik bahslari g‘olibi 33 ming 650, juftliklar bahsi chempionlari esa 9 ming 900 AQSH dollari mukofot puliga sazovor bo‘ladi. Shuningdek, har ikki yo‘nalish g‘oliblariga 125 reyting ochko taqdim etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA