Kamilla Rahimova chorak finalga chiqdi
Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo‘yicha WTA 500 tasnifiga kiruvchi, mukofot jamg‘armasi 1 million 915 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada hamyurtimiz Kamilla Rahimova chorak finalga yo‘l oldi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova mazkur musobaqaning nimchorak finalida britaniyalik Herriyet Dartga qarshi bahs olib bordi. Uch set davom etgan uchrashuvda Kamilla 5:7, 6:1, 7:5 hisobida zafar quchdi va 1/4 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Endi Kamilla Rahimova "HSBC Championships" musobaqasining yakkalik bahslari yarim final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Emma Radukanu bilan kuch sinashadi. Mazkur to‘qnashuv bugun, 13-iyun kuni mamlakatimiz vaqti bilan soat 16:30 dan so‘ng start oladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA