Kameralarda chiqindiga oid 1 ming 117 ta qoidabuzarlik aniqlangan
2026-yil iyul-avgust oylarida mamlakat bo‘ylab kuzatuv kameralari 1 ming 117 ta chiqindini belgilanmagan joyga tashlash holatini aniqlagan.
Shundan 730 tasi fuqarolar, 90 tasi transport vositalari bilan bog‘liq bo‘lgan. Jarimalarning umumiy summasi 554,6 million so‘mni tashkil etgan.
Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar doirasida aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash kabi holatlarni bartaraf etishda aholining ekomadaniyati, mas’uliyati muhim o‘rin tutadi.
M.Komilova,
O‘zA