Ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Бугунгi kunda mamlakatimizda ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini ulug‘lash, ularning qadrini yuksaltirish borasida davlat darajasidagi muhim islohotlar mujassamlashgan. Har yili 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida ushbu tamoyil yangi ma’no va kuch bilan jamiyatimizda aks sado beradi.

Zero, har bir millatning kelajagi uning maktablari, ilm dargohlari va ustozlariga bo‘lgan munosabatiga qarab baholanadi. Tadbirda Institut direktori Esemurat Kanyazov ustoz va murabbiylarni tabriklab, ularning yuridik kadrlar kasbiy salohiyatini oshirish yo‘lidagi mehnatini e’tirof etdi.

Bayram tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i ham ishtirok etdi. Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jamiyatda qonunga hurmat ruhini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi hamda samarali mehnati uchun institutning ilg‘or xodimlari taqdirlandi.
Tadbirda bayramga bag‘ishlangan videorolik namoyish etilib, ustozlarga samimiy tilaklar bildirildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA