Jurayev Baxodir Botirovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kartoshka kovlagichning elaklash ishchi organini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusida
Jurayev Baxodir Botirovichning 05.07.01 – “Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” ixtisosligida “Kartoshka kovlagichning elaklash ishchi organini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 26 mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 180100, Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 225-uy, 1-bino, 239-xona.
Tel: (+99875) 221-09-23, faks: (+99875) 224-13-95.
e-mail: qmii@qmii.uz