Joze Mourinyo «Oltin to‘p»dagi siyosat haqida gapirdi
Mourinyo futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham muxlislar sog‘inib eslaydigan afsonalarni misol sifatida keltirdi.
Joze Mourinyo «Oltin to‘p» mukofotining kimga topshirilishi kerakligi borasidagi fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, ushbu sovrin faqat Chempionlar ligasi yoki Jahon chempionatidagi g‘alabaga qarab belgilanmasligi lozim.
Mourinyo futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ham muxlislar sog‘inib eslaydigan afsonalarni misol sifatida keltirdi. U Diego Maradona, Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Ronaldo Nazario va Zinedin Zidanni tilga oldi.
«Agar “Oltin to‘p”ni shunchaki Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun berish kerak bo‘lsa, unda uni Luis Enrikega topshirishsin. Bu sovrin dunyoning eng kuchli futbolchisiga berilishi kerak. U ispaniyalik yoki “PSJ” futbolchisi bo‘lishi shart emas», — dedi Mourinyo.
Murabbiyning ta’kidlashicha, mukofot sayyoradagi eng kuchli 3–4 futbolchidan biriga nasib etishi lozim.
Mourinyo, shuningdek, «Oltin to‘p» uchun kurashga siyosiy omillar ham aralashib ketishini qayd etdi. Portugaliyalik mutaxassis bunday jarayonlarga qo‘shilishni istamasligini bildirdi.