Jizzaxlik boğça rahbari Çexiyaning Karlov universitetida malaka oşirmoqda
Jizzax şahridagi 12-sonli boğça direktori Mamlakat Ermatova Çexiyaning Karlov universitetida malaka oşirmoqda. U olti nafar özbekistonlik boğça rahbaridan iborat guruh tarkibida xalqaro dasturda qatnaşyapti. Iştirokçilar Yevropa taʼlim tizimi va pedagogik metodikalarni örganmoqda.
Jizzax şahridagi 12-son davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti direktori Mamlakat Ermatova ham ayni paytda Çexiyada malaka oşirmoqda. U Karlov universitetida taşkil etilgan xalqaro öquv dasturida qatnaşyapti.
Dastur olti nafar özbekistonlik davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti rahbarini birlaştirgan. Maşğulotlarda sohani boşqariş va pedagogik mahoratni rivojlantiriş masalalari qamrab olingan. Iştirokçilar maktabgaça taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almaşmoqda.


Xususan, tarbiyaçilarning psixologik barqarorligi va kasbiy farovonligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Özbekiston hamda Yevropa mamlakatlari taʼlim tizimlari qiyosiy tahlil qilinmoqda.
Şuningdek, Çexiyadagi maktabgaça taʼlim tamoyillari va pedagogik metodikalar örganilyapti. Amaliy maşğulotlar nazariy bilimlarni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.


Dastur iştirokçilari mahalliy taʼlim muassasalari faoliyati bilan ham tanişmoqda. Jumladan, “Sugar Cube” boğçasiga taşrif buyurildi. Çexiya hayot fanlari universiteti huzuridagi maktabgaça taʼlim muassasasi tajribasi ham örganilmoqda.
Bunday taşriflar xorijiy tajribani bevosita kuzatiş imkonini beradi. Iştirokçilar taʼlim jarayoni, boşqaruv va tarbiya usullarini amalda körmoqda. Bu esa öz muassasalari faoliyatiga yangiça nazar taşlaşga yordam beradi.


Mamlakat Ermatovaning taʼkidlaşiça, dastur nazariya va amaliyotni uyğunlaştirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
—Maşğulotlarda nazariy bilimlarimizni amaliyot bilan taqqoslayapmiz. Yangi pedagogik yondaşuvlarni özlaştiriş imkoniyatiga ega böldik. Boğçalar faoliyatini kuzatiş, mutaxassislar tajribasini örganiş faoliyatimiz uçun juda foydali, — deydi u.


Darhaqiqat, taʼlim sifati köp jihatdan rahbar va pedagoglarning izlanişiga boğliq. Xorij tajribasini milliy qadriyatlar bilan uyğunlaştiriş ham muhim. Zero, har qanday yangilikning haqiqiy samarasi uning amaliyotdagi natijasi bilan ölçanadi.
Mamlakat Ermatova tomonidan özlaştirilgan yangi pedagogik yondaşuvlar kelgusida muassasa faoliyati samaradorligini oşirişga yönaltiriladi. Ularning amaliyotga tatbiq etilişi esa tarbiyalanuvçilar taʼlim-tarbiyasi sifatini oşirişga xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri