Farğonada yoşlar uçun taʼlim va kasb-hunar imkoniyatlari kengaymoqda
Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farğona şahridagi 4-son texnikumda bölib, taʼlim muassasasida yaratilgan şaroitlar, öquv jarayoni va amaliy maşğulotlar bilan tanişdi.
Ayni paytda texnikumda 1 ming 65 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Ularning 300 nafari Buyuk Britaniyaning «Pearson» kompaniyasi bilan hamkorlikda yölga qöyilgan xalqaro taʼlim dasturi asosida uçta yönaliş böyiça bilim olayotir. Dastur doirasida nazariy bilimlar amaliy maşğulotlar bilan uyğunlaştirilgan. Bugunga qadar 72 nafar öquvçi ingliz tili böyiça xalqaro sertifikatga ega bölgan.
Taʼlim muassasasida kompyuter grafikasi va dizayn operatori, elektromontyor, payvandlovçi, metallga işlov beriş kabi mehnat bozorida talab yuqori bölgan kasblar örgatilmoqda. Öquvçilarning işlab çiqarişda amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida «Farğonaazot» aksiyadorlik jamiyati, «Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» va boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikda dual taʼlim tizimi yölga qöyilgan.
Şuningdek, texnikumda Germaniyaning «Telc» tizimi böyiça til imtihonlari markazi faoliyat yuritmoqda. Bu yoşlarga xorijiy tillarni biliş darajasini xalqaro standartlar asosida baholaş imkonini beradi.
Viloyat hokimi zamonaviy jihozlangan öquv xonalari va ustaxonalarni közdan keçirib, öquvçilar bilan suhbatlaşdi. Yoşlar öz qiziqişlari, erişayotgan yutuqlari va kelgusi maqsadlari haqida sözlab berdi.
Muloqot davomida bugungi raqobat şaroitida yoşlarning çuqur bilim olişi, zamonaviy kasblarni egallaşi, xorijiy tillarni puxta örganişi va öz ustida muntazam işlaşi muhimligi taʼkidlandi.
— Kasb-hunar egallagan inson heç qaçon kam bölmaydi. Hayotda öz örningizni topişni, ertaga yaxşi yaşaşni istasangiz, bugun astoydil öqişingiz, ilm olişingiz va mehnat qilişingiz kerak. Heç bir yutuq öz-özidan kelmaydi. Orzularga faqat intiliş, harakat va halol mehnat bilan erişiladi, - dedi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov.
Uçraşuvda yoşlarni xalqaro taʼlim dasturlariga jalb etiş, ularning kasbiy tayyorgarligini kuçaytiriş, xorijiy tillarni örganişini qöllab-quvvatlaş va bandligini taʼminlaş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
[gallery-32368]
Jumladan, Yoşlar işlari boşqarmasi va şahar hokimligi hamkorligida texnikumda xorijiy tillar hamda kasb-hunar kurslarini taşkil etiş, bitiruvçilarning Yevropa mamlakatlarida işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça çora-tadbirlar belgilanişi maʼlum qilindi.
Muloqot yakunida viloyat hokimi xalqaro taʼlim dasturlari qamrovini kengaytiriş, öquvçilarning kasbiy tayyorgarligini kuçaytiriş hamda bitiruvçilar bandligini taʼminlaş böyiça mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA