Jizzaxda diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan uçraşuv ötkazildi
Jizzax viloyati 2026-yilda 2,7 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni özlaştirişni maqsad qilgan. Bu haqda viloyat hokimi Uluğbek Mustafoyev 23 ta diplomatik vakolatxona vakillari bilan uçraşuvda maʼlum qildi. Muloqot davomida hududning sanoat va eksport salohiyati taqdim etildi.
Bugun Özbekistonning taşqi siyosiy faoliyatida iqtisodiy diplomatiya muhim örin egallamoqda. Xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan munosabatlar yangi mazmun bilan boyitilmoqda. Bunda hududlarning mavjud salohiyatidan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jizzax viloyatidagi uçraşuv ham şu maqsadga qaratildi. Unda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan 23 ta diplomatik vakolatxona va xalqaro taşkilotning qariyb 30 nafar vakili qatnaşdi.
Mazkur muloqot Prezident Şavkat Mirziyoyev belgilab bergan oçiq va pragmatik taşqi siyosat ustuvorliklari bilan hamohangdir. Uşbu siyosatda davlatlar suverenitetini hurmat qiliş muhim tamoyil hisoblanadi. Özaro manfaatli hamkorlik va işonçli şeriklik ham ustuvor ahamiyatga ega. Hududlarning xalqaro iqtisodiy aloqalarga jalb etilişi mazkur yondaşuvning amaliy mexanizmlaridan biridir.

Jizzaxning investitsiyaviy körsatkiçlari xorijiy hamkorlik imkoniyatlarini baholaşda muhim mezon böla oladi. Sönggi beş yilda hudud iqtisodiyotiga 4 milliard dollardan ortiq töğridan-töğri xorijiy investitsiya jalb etildi. 2020-yilda bu körsatkiç 309 million dollarni taşkil qilgan. 2025-yilda esa 1,4 milliard dollarga yetgan. 2026-yil uçun 2,7 milliard dollarlik investitsiyalarni özlaştiriş rejalaştirilgan.
Bu dinamika viloyatning xorijiy sarmoyadorlar uçun jozibadorligi ortib borayotganini körsatadi. Ayni paytda investitsiya hajmining ösişi işlab çiqarişni kengaytiriş vazifasini ham dolzarblaştiradi. Buning uçun texnologik yangilaniş, mahalliylaştiriş va taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlari muhimdir.
Viloyatdagi iqtisodiy ösiş ham mazkur jarayonni qöllab-quvvatlamoqda. Ötgan yili hudud iqtisodiyoti 8,2 foizga ösdi. Eksport hajmi esa 27 foizga köpaydi. Bu natijalar işlab çiqariş tarmoqlarining taşqi iqtisodiy faolligi kuçayganini körsatadi. Eksport geografiyasini kengaytiriş esa kelgusi hamkorlikning muhim yönalişi bölib qolmoqda.
Jizzax erkin iqtisodiy zonasi va texnoparklar sanoat kooperatsiyasi uçun muhim infratuzilmaviy asos yaratmoqda. Hududda avtomobilsozlik, elektrotexnika va kimyo sanoati rivojlanmoqda. Quriliş materiallari, farmatsevtika va oziq-ovqat işlab çiqarişi ham kengaymoqda. Bu tarmoqlar xorijiy texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qiliş uçun istiqbolli yönalişlardir.

Viloyatning xalqaro kredit reytingi ham iqtisodiy salohiyatni baholaşda ahamiyatlidir. «Fitch Ratings» xalqaro agentligi Jizzax viloyatiga «BB-» reytingini bergan. Reyting prognozi «Barqaror» darajasida belgilangan. Bunday baholaş xalqaro moliyaviy munosabatlarda hududning iqtisodiy holatiga oid muhim körsatkiçlardan biridir.
Viloyat hokimi hamkorlik istiqbollariga töxtalar ekan, avtomobilsozlik va qişloq xöjaligi mahsulotlarini çuqur qayta işlaş viloyatning nafaqat iqtisodiy, balki strategik ahamiyatga ega yönalişlar ekanligini taʼkidladi.
Birinçi yönaliş avtomobilsozlik va butlovçi qismlar işlab çiqarişni qamrab oladi. Quriliş materiallari sanoati ham alohida istiqbolga ega. Toğ-kon va geologiya sohalaridagi imkoniyatlardan foydalaniş ham muhim vazifadir.
Qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va çuqur qayta işlaş ham ustuvor yönalişlar qatoriga kiritildi. Turizm infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça hamkorlik takliflari bildirildi. Eksport geografiyasini kengaytiriş masalasi ham kun tartibidan örin oldi. Bu yönalişlar hududning xalqaro iqtisodiy aloqalarini diversifikatsiya qilişga xizmat qiladi.

Alohida eʼtibor barpo etilayotgan atom elektr stansiyasi atrofidagi maxsus sanoat zonasiga qaratildi. Uşbu hududda xorijiy kompaniyalar iştirokida yangi işlab çiqariş loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlari mavjud. Jumladan, quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Mineral xomaşyo zaxiralarini iqtisodiy aylanmaga jalb etiş masalasi ham körib çiqildi.
Qişloq xöjaligida xalqaro kooperatsiyani rivojlantiriş uçun qöşimça imkoniyatlar mavjud. Bu borada mahsulotni saqlaş, saralaş va qayta işlaş infratuzilmasi muhim ahamiyat kasb etadi. Tayyor mahsulotni taşqi bozorlarga yetkazib beriş tizimini takomillaştiriş ham zarur. Turizm sohasida esa xalqaro investitsiyaviy taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Diplomatik muloqotning amaliy davomi sifatida delegatsiya aʼzolari viloyatdagi yirik sanoat korxonalari faoliyati bilan tanişadi. Dasturdan VERO brendi ostidagi «Master Building», «BYD Uzbekistan Factory», «Iruskon» hamda «ADM Jizzakh» kabi korxonalarga taşrif örin olgan.

Delegatsiya aʼzolari «BMB-NRC Agrologistics» MÇJ faoliyatini ham örganadi. Turizm yönalişida «Aydar-Arnasoy Resort Complex» MÇJ bilan tanişiş rejalaştirilgan. Bunday taşriflar işlab çiqariş jarayonlari va mavjud imkoniyatlarni bevosita baholaşga xizmat qiladi. Şuningdek, ehtimoliy hamkorlik loyihalarini aniqlaş uçun amaliy asos yaratadi.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişda bunday muloqotlarning institutsional davomiyligi muhimdir. Diplomatik vakolatxonalar bilan töğridan-töğri aloqalar yangi şeriklarni jalb qiliş imkonini beradi. Bu jarayonda har bir taklifning aniq loyihaga aylanişi ustuvor ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalarning işlab çiqariş va eksport natijalarida aks etişi ham muhim mezondir.
Jizzaxdagi uçraşuv hududlarning taşqi iqtisodiy aloqalardagi örnini mustahkamlaşga qaratilgan muhim muloqot maydoni böldi. Endi bildirilgan taşabbuslarni aniq kelişuvlar bilan mustahkamlaş talab etiladi. Yangi investitsiya loyihalari va eksport şartnomalari hamkorlik samaradorligining asosiy körsatkiçlariga aylanişi lozim. Bu esa Özbekistonning xalqaro iqtisodiy şerikligini hududlar darajasida yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri