Prezident Olimpiadasi sport musobaqalarining ğoliblari va iştirokçilariga
Aziz farzandlarim!
Hurmatli ota-onalar, qadrli ustoz va murabbiylar!
Avvalo, barçangizni mamlakatimiz sportida muhim voqeaga aylangan Prezident Olimpiadasi musobaqalarida munosib iştirok etganingiz bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Uşbu nufuzli bellaşuvlar faqat birinçilik uçun kuraşiş emas, teran falsafaga ega bölgan tarbiya va maʼnaviyat anjumani sifatida ham ötganini taʼkidlaş lozim. Qizğin ruhdagi musobaqalar öğil-qizlarimiz örtasida özaro hurmat va döstlik muhitini yanada mustahkamlab, ularning sport va hayot haqidagi bilimlarini, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğusini yuksaltirgani ayniqsa muhimdir.
Bu öyinlar Yangi Özbekistonda olimpiya harakatini yanada rivojlantiriş borasida mutlaqo yangiça yondaşuv va milliy tajriba asosida taşlangan ulkan amaliy qadam sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Eng muhimi, uşbu tizim ğalabaga çanqoq, şijoatli va tirişqoq ming-minglab sportçi yoşlarimiz uçun katta imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, hududlarimiz örtasida soğlom raqobat muhitini şakllantirmoqda.
Ikki haftadan ortiq vaqt mobaynida keçgan murosasiz bellaşuvlarda qayd etilgan yuqori natija va rekordlar musobaqalarga bölgan qiziqişni yanada oşirdi.
Ayniqsa, qaşqadaryolik qizimiz Kumuş Köçkinova qatʼiy iroda körsatib, bir yöla sportning ikki turi – dzyudo va kuraş böyiça oltin medallarni qölga kiritib, öz muxlislariga yorqin hayajonli daqiqalarni taqdim etdi.
Toşkentlik Aişa Yenina esa badiiy gimnastikaning yakka köpkuraş, tasma va töp bilan maşqlarida – uçta oltin, şuningdek, halqa yönalişida – kumuş, bulavalar bilan maşqda bronza medalini qölga kiritib, öz nomini uşbu öyinlar tarixiga muhrlab qöydi.
Şiddatli bahslarda yana bir qança yoşlarimiz ham rekord natijalarga erişib, Yangi Özbekistonda qanday isteʼdodli avlod voyaga yetib kelayotganini namoyon etişdi. Xususan, Toşkent viloyati vakili – oğir atletikaçi qizimiz Muştariy Örolova 60 kilogrammdan yuqori vazn toifasida dast kötarişda 109 kilogramm, siltab kötarişda 136 va ikki kuraş yakuniga köra 245 kilogramm natija bilan jahon rekordini örnatganini, Şerdor Eşpölatov, Ikrom Möminboyev, Behröz Hasanov, Soliha Bahodirova, Dilfuza Yöldoşeva, Zuhra Ibrohimova esa uşbu yönalişda Özbekiston rekordini yangilagani hamda parasuziş böyiça andijonlik Hikmatulla Haydaraliyev, qoraqalpoğistonlik Şahnoza Yerejepbayeva 4 ta oltin medalni qölga kiritganini faxr bilan qayd etamiz.
Sirdaryolik yengil atletikaçi qizimiz Durdona Jumanqulova uç kuraş bellaşuvlarida 2014 oçko jamğarib, bu toifadagi bellaşuvlarda 14 yoşli sportçilarimiz orasida eng yuqori natijaga erişgani ham barçamizni mamnun etdi.
Işonçim komil, bugun yurtimiz maydonlarida toblangan bunday ğolib va muzaffar farzandlarimiz kelgusida qitʼa va jahon birinçiliklarida, Olimpiya va Paralimpiya öyinlarida ham Vatanimiz şarafini albatta munosib himoya qiladi.
Öylaymanki, bu musobaqalarda mağlublar bölmadi. Ğolib va sovrindorlarimiz qatorida bellaşuvlarda qatnaşgan har bir sportçi özi uçun zarur bilim va tajriba töpladi. Şu bois kelgusida ular ham albatta ğoliblar safida böladi, deb aytişga barça asoslarimiz bor.
Fursatdan foydalanib, farzandlarimizning katta sportda öz örnini topişi uçun ularga yelkadoş bölib kelayotgan aziz ota-onalarga, ularning eng yaqin maslahatçisi va tarbiyaçisi bölgan jonkuyar ustoz va murabbiylarga samimiy minnatdorlik bildiraman.
Qadrli yoşlar!
Barçamizning faxrimizga aylanayotgan Olimpiadamizda sizlar erişgan natijalar – dunyo maydonlari sari taşlangan dadil qadamdir. Oldinda sizlarni yanada katta mehnat, iroda va matonat talab etadigan marralar kutib turibdi.
Tilagim – ÖZ kuçingizga bölgan işonçni heç qaçon yöqotmang, ÖZ ustingizda işlaşdan aslo töxtamang!
Haqiqiy çempionlar, çinakam alp pahlavonlar faqat ğalaba bilan emas, balki qiyinçiliklarni mardona yengib, maqsad sari qatʼiy intilişi bilan ham ibrat va namuna körsatadi.
Barçangizga mustahkam soğliq, tuganmas kuç-ğayrat va kelgusi musobaqalarda yanada yuksak zafarlar yor bölsin, aziz farzandlarim!
Şavkat Mirziyoyev,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti