Jiu-jitsu boʻyicha Oʻzbekiston chempionati
Poytaxtimizning “Universal” sport majmuasida Jiu-jitsu boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslariga start berildi.
Poytaxtimizning “Universal” sport majmuasida Jiu-jitsu boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslariga start berildi.
Chempionatda mamlakatimizning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan kelgan 100 nafardan ziyod iqtidorli sportchi gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.
Bellashuvlarni dastlab erkaklar Newaza, Nogi, Fighting yoʻnalishlarida boshlab berishdi. Yaponiyaning qadimiy yakkakurash turlaridan biri boʻlgan Jiu-jitsu bugungi kunda mamlakatimizda jadal ommalashmoqda. Bu bugungi chempionatda ham sezilib turdi.
Qizgʻin kurashlar ostida oʻtgan bellashuvlarda Feruz Usmonov, Nursulton Roʻziboyev, Rizo Safarov, Rizo Toshpoʻlatovlar oʻz vazn toifalarida yarim finalga yoʻl olishdi.