Jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga oid işlar talab darajasidami?
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 5-yanvardagi «Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratiş yönalişida yaxlit manzilli işlaş tizimini joriy etişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oşirişga eʼtibor qaratilgan.
Qarorda «mahalla yettiligi» masʼuliyatini oşiriş, kriminogen vaziyati oğir bölgan hudud va mahallalarni rahbarlarga nomma-nom biriktiriş orqali ularning javobgarligini kuçaytiriş, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oşiriş, raqamlaştiriş kabi masalalar böyiça aniq topşiriqlar qöyilgan.
Oliy Majlis Senati tomonidan qaror ijrosi bajarilişiga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. Senatorlar tumanlarda bölib, asl vaziyatni örganib bormoqda.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burxonov hamda qömita raisi örinbosari Bahrom Abdullayev xalq deputatlari Yangihayot tumani kengaşining navbatdagi majlisida iştirok etdi.
Unda jamoat xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilikning oldini oliş va huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
2026-yilning yanvar - sentabr oylarida tumanda jinoyatçilikni jilovlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, mahallalarda xavfsiz muhitni şakllantiriş va aholi bilan manzilli işlaş borasida amalga oşirilgan işlar atrofliça tahlil qilindi.

Tahlillarga köra, tumanda umumiy jinoyatlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga kamaygan. Jumladan, firibgarlik 78 tadan 43 taga, talonçilik 7 tadan 3 taga, oğir tan jarohati yetkaziş bilan boğliq jinoyatlar 6 tadan 4 taga qisqargan.
Yoşlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 210 tadan 161 taga, voyaga yetmaganlar jinoyatçiligi esa ikki baravar (18 tadan 9 taga) kamaydi. Muqaddam sudlangan şaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 120 tadan 95 taga, işsizlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar esa 63 tadan 51 taga qisqardi.
Ayrim turdagi jinoyatlarning ösiş tendensiyasiga ega ekani tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, bezorilik holatlari deyarli uç baravar köpaygani (5 tadan 14 taga), qasddan örtaça oğirlikdagi tan jarohati yetkaziş 5 tadan 9 taga, yengil tan jarohati yetkaziş holatlari esa 8 tadan 14 taga oşgani, oldini oliş mumkin bölgan jinoyatlar sonining 37 taga köpaygani profilaktika işlarida jiddiy kamçiliklar mavjudligidan dalolat beradi.
Muhokamalarda maʼlum qilinişiça, tumandagi 30 ta mahallaning 24 tasi «sariq», 6 tasi esa «yaşil» toifaga kiritilgan bölib, «qizil» toifadagi mahallalar mavjud emas. Yiğilişda, ayniqsa, «sariq» toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni soğlomlaştiriş, jinoyatçilikka sabab bölayotgan ijtimoiy va boşqa omillarni aniqlab, ularni bartaraf etiş böyiça tizimli işlarni taşkil etiş zarurligi taʼkidlandi.
Senatorlar jinoyatçilik körsatkiçlarini faqat umumiy raqamlar bilan baholaş emas, balki har bir huquqbuzarlikning kelib çiqiş sabablari, unga imkon bergan şart-şaroitlar va profilaktikadagi kamçiliklarni çuqur tahlil qiliş muhimligiga eʼtibor qaratdi.
Majlis yakunida tuman hokimligi, prokuratura va içki işlar organlari masʼullariga bir qator muhim vazifalar belgilab berildi. Jumladan, jinoyatçilik ösişi kuzatilayotgan yönalişlar böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqiş, voyaga yetmaganlar, yoşlar, xotin-qizlar, işsizlar hamda muqaddam sudlangan şaxslar bilan manzilli profilaktika işlarini kuçaytiriş, şuningdek, «sariq» toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxşilaş topşirildi.
N.Abduraimova,
ÖzA