JCH-2026'dagi tuhmatlar: Argentina Futbol Assotsiatsiyasi sudga murojaat qilmoqchi
Manbaning ta'kidlashicha, Argentina tomoni terma jamoa va uning futbolchilariga nisbatan "soxta ayblovlar" hamda noxolis axborot tarqatgan shaxslarga qarshi da'vo arizalari kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) JCH-2026 davomida milliy terma jamoa haqida tasdiqlanmagan va yolg'on ma'lumotlar tarqatilgani sababli sudga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Sportskeeda nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Argentina tomoni terma jamoa va uning futbolchilariga nisbatan "soxta ayblovlar" hamda noxolis axborot tarqatgan shaxslarga qarshi da'vo arizalari kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
Hozirda yuristlar dalillarni — ijtimoiy tarmoqlardagi nashrlar, skrinshotlar va boshqa materiallarni to'plashga kirishgan. Xabar qilinishicha, potentsial da'vo arizalari nafaqat yirik OAVga, balki ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvchilariga qarshi ham qaratilishi mumkin.
Nizoga turnir davomida Argentinaga nisbatan bildirilgan ko'plab ayblovlar sabab bo'lgan. Xususan, 1/8 finalda Misr ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng hakamlarning go'yoki yon bosgani va FIFA tomonidan ko'rsatilgan "yordam" haqida turli xabarlar tarqalgan edi.