JCh-2026: Yangi Zelandiya terma jamoasining yakuniy tarkibi ma’lum bo‘ldi
Terma jamoa bosh murabbiyi Darren Beyzli tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdan tajribali yulduzlar bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy klublarda to‘p surayotgan yosh iqtidorlar ham joy olgan.
Okeaniya mintaqasining eng kuchli jamoalaridan biri hisoblangan Yangi Zelandiya milliy terma jamoasi bo‘lajak jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat tarkibini e’lon qildi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Darren Beyzli tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatdan tajribali yulduzlar bilan bir qatorda mahalliy va xorijiy klublarda to‘p surayotgan yosh iqtidorlar ham joy olgan. Jamoaning asosiy yetakchisi sifatida Angliya premyer-ligasi vakili — Kris Vud e’tirof etilmoqda.
Yangi Zelandiya terma jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Maks Krokomb («Milluoll»), Aleks Polsen («Lexiya»), Maykl Vud («Oklend»).
Himoyachilar: Timoti Peyn («Vellington Feniks»), Frensis de Vris («Oklend»), Tayler Bindon («Sheffild Yunayted»), Maykl Boksell («Minnesota»), Liberato Kakache («Rekshem»), Nando Peynaker («Oklend»), Finn Serman («Portland Timbers»), Tommi Smit («Breyntri Taun»).
Yarim himoyachilar: Kallan Elliott («Oklend»), Jo Bell («Viking»), Mettyu Garbett («Piterboro»), Marko Stamenich («Suonsi»), Sarprit Singx («Vellington Feniks»), Aleks Rufer («Vellington Feniks»), Rayan Tomas («Zvolle»), Elayja Jast («Xorsens»), Ben Old («Sent-Etyen»), Kallum Makkouett («Silkeborg»).
Hujumchilar: Kris Vud («Nottingem Forest»), Kosta Barbaruses («Vestern Sidney»), Ben Ueyn («Port Veyl»), Jessi Rendell («Oklend»), Laklan Beyliss («Nyukasl Jets»).