JCH-2026 vaqtida Messiga qarshi terrorchilik tahdidlari bo‘lgani aytildi
Tekshiruvlar natijasida mazkur tahdidlar yolg‘on xabar ekani ma’lum bo‘lgan.
Marca nashri AQSh politsiyasi hisobotiga tayanib, 2026-yilgi jahon chempionati vaqtida eng ko‘p tahdidlarga duch kelgan futbolchilardan biri Lionel Messi bo‘lganini xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Argentina terma jamoasining Iordaniyaga qarshi uchrashuvi oldidan stadionda qo‘lbola portlovchi qurilmalar va AR-15 rusumli qurol yordamida hujum uyushtirilishi haqida xabar kelib tushgan. Unda Messi asosiy nishon sifatida ko‘rsatilgan.
Argentina — Misr uchrashuvi oldidan esa ijtimoiy tarmoqlarda Messini tanasiga bog‘langan portlovchi qurilmalar bilan portlatish haqida tahdidli xabar qoldirilgan.
Shuningdek, o‘sha kuni stadion tribunalarida uchta bomba borligi haqida ma’lumot berilgan. Maxsus xizmatlar xizmat itlari yordamida stadionni tekshirgan, biroq hech qanday portlovchi qurilma aniqlanmagan.
Tekshiruvlar natijasida mazkur tahdidlar yolg‘on xabar ekani ma’lum bo‘lgan.